Taksi ilovalari
Joriy versiya: v1.7.33+70 · Android tayyor, iOS tez kunda
Yuklab olish
| Ilova | Android (APK) | iOS |
|---|---|---|
| Haydovchi Buyurtma qabul qilish, navigatsiya | Yuklab olish | App Store — tez kunda |
| Mijoz Taksi chaqirish, narx, xavfsizlik | Yuklab olish | App Store — tez kunda |
Versiyalar tarixi — nima o'zgardi
Har versiyada nima yangilanganini ko'ring va istalgan versiyani (mijoz yoki haydovchi) yuklab oling.
Ro'yxatdan o'tishda "Saqlashda xatolik" tuzatildi — sessiya eskirgan/yaroqsiz bo'lsa ilova endi sizni qaytadan ro'yxatdan o'tishga avtomatik yo'naltiradi (oldin ekranda qotib qolardi). Ro'yxat ekraniga "Chiqish" tugmasi qo'shildi. SMS (OTP) endi serverga bog'liq emas: kod kelmasa ham admin paneldan ko'rib ro'yxatdan o'tkazish mumkin.
Karta yaxshilandi: mikrorayon binolari va yo'laklari ko'proq ko'rinadi — endi yaqin atrof yuqori aniqlikда (z17) keshlanadi, shuning uchun internet zaif bo'lganда ham binolar ko'rinib turadi. Internet bor payтда iloji boricha Google karta (boy ma'lumot) ishlaydi — qisqa signal uzilishларида oddiy kartaga tushib qolmaydi.
Haydovchi ro'yxatdan o'tishi butunlay yangilandi: pasport (old va orqa), guvohnoma va texpasport endi KAMERA bilan ramka ichiga olinadi — tizim ma'lumotni O'ZI o'qib to'ldiradi (galereyadan yuklash shart emas, sug'urta so'ralmaydi). "Park raqami" qo'shildi — qaysi raqamni yozsangiz o'sha taksoparkka biriktirilasiz. Ariza yuborilgach tasdiqlash kutiladi (call-center raqamiga bosib qo'ng'iroq qilish mumkin); tasdiqlangach ilovadan to'liq foydalanasiz.
Yutuqlar sahifasi chiroyli yangilandi — daraja-belgilar (bronza/kumush/oltin), progress va umumiy ko'rsatkich. Yutuq darajalari endi admin paneldan boshqariladi (qo'shish/tartiblash). AI yordamchi senariylari va haydovchi komissiya-promosi ham admin panelga ulandi.
Qo'ng'iroq yozuvi qaytarildi — suhbat serverga yoziladi va admin paneldan tinglash mumkin, ovozni buzmasdan (ikkala tomon ham eshitadi).
Bu versiya uchun alohida fayl saqlanmagan — yuqoridan eng yangisini oling.
Karta yaqinlashtirildi (ko'cha/POI aniqroq). Yo'l bo'ylab tirbandlik rangli ko'rsatiladi (yashil/sariq/qizil), yetib borish vaqti real probkalarni hisoblaydi. Yo'ldan chiqilsa eng yaqin yo'l qayta topiladi.
Bu versiya uchun alohida fayl saqlanmagan — yuqoridan eng yangisini oling.
Oflayn karta: internet uzilsa karta avtomatik keshlangan rejimga o'tadi (bo'sh qolmaydi), yo'l va ovozli yo'l-yo'lakay davom etadi. Internet kelganda yana Google kartaga qaytadi.
Bu versiya uchun alohida fayl saqlanmagan — yuqoridan eng yangisini oling.
Karta Google Maps'ga o'tkazildi — manzil qidirish (Google Places) va yo'l/ETA (real tirbandlik) ancha aniq. Karta ko'rinishi ham Google. Admin paneldan karta provayderini almashtirish mumkin.
Bu versiya uchun alohida fayl saqlanmagan — yuqoridan eng yangisini oling.
Qanday o'rnatiladi?
- “Yuklab olish” tugmasini bosing —
.apkfayl yuklanadi. - Yuklangan faylni oching (bildirishnoma yoki “Yuklamalar”dan).
- Agar “Noma'lum manbalar” so'rasa: Ruxsat berish → Sozlamalarda “Ushbu manbadan o'rnatish”ni yoqing.
- O'rnatish ni bosing — tayyor, ilovani oching.
iOS versiyasi App Store orqali chiqadi. Tayyor bo'lganda shu yerga havola qo'shiladi.
© 2026 ZetGo · zetgo.uz